Isi
9-may – Xotira va qadrlash kuni Samarqand shahridagi Xotira maydonida viloyat hokimligi, harbiylar, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari jam bo‘ldi. Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev boshchiligida Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yildi. Bugungi tinch kunlar uchun jonini fido qilganlar xotirasi yodga olindi. Maʼlumot uchun, Ikkinchi jahon urushi yillarida Samarqand viloyatidan 26 540 nafar fuqaro frontga safarbar etilgan. Ulardan 10 579 nafari urushdan qaytmagan, halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Samarqandliklar urush yillarida nafaqat frontda, balki front ortida ham katta hissa qo‘shganlar. 1942-yilda viloyat aholisi tomonidan oziq-ovqat va kiyim-kechak ortilgan 85 vagon frontga yuborilgan. Shuningdek, urush tufayli vayron bo‘lgan hududlardan 165 ming kishi, jumladan, 20 mingdan ziyod yetim bolalar Samarqand viloyatiga evakuatsiya qilingan va joylashtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube