TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Kattaqoʻrgʻon tumanida AYOQSHda baxtsiz hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro vafot etdi va 1 nafar fuqaro tan jarohati oldi 2025-yil 7-may kuni soat taxminan 15-06 larda Kattaqoʻrg‘on tumani, “Qoʻshtepa” MFYda joylashgan XXX MCHJga qarashli AYOQSH hovlisida yer usti qismida joylashgan 2 dona hajmi 10 m3 bo‘lgan yoqilg‘i saqlovchi sig‘imlariga (solyarka) “ZIL” rusumli avtomashina yoqilg‘i quyish vaqtida yong‘in sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, chaqnash natijasida 2 nafar fuqaro vafot etgan va 1 nafar fuqaro tan jarohati bilan tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube