Isi
Samarqandda gaz-havo aralashmasi chaqnashi oqibatida 6 nafar fuqaro vafot etdi 2025-yil 8-maydan 9-mayga o‘tar kechasi Samarqand shahri “Bog‘isaroy” MFY, Spitamen ko‘chasidagi uylardan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida uyning temir-beton konstruksiyalari qulab tushib, 1, 2, 3-qavatlar va yerto‘la qismi zarar ko‘rgan. Yong‘in sodir bo‘lmagan. Vayronalar ostidan 6 nafar fuqaroning jasadi topilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida Prokuratura, IIB, SSB, MG, “Hududgazta’minot” va boshqa xizmatlar ishtirokida tezkor shtab tuzilib, oqibatlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Voqea joyiga 10 ta maxsus texnika va kuch vositalari jalb etilgan. Holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube