Isi
O‘zbekistonda 2024–2025-yillarda 4 931 ta pornografik kontentga ega veb-sayt aniqlanib bloklandi Shu bilan birga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qimor o‘yinlari bilan bog‘liq 4 302 ta veb-resurs va qurol-yarog‘ savdosiga oid 29 397 ta holat fosh qilingan. Ushbu materiallar faoliyati cheklangan yoki to‘xtatilgan. 2024-yil davomida noqonuniy internet kontentining o‘sish ko‘rsatkichlari: • narkotik moddalarni targ‘ib qiluvchi materiallar — 112 barobar, • pornografik kontent — 5,3 barobar, • fishing va soxta akkauntlar — 3,8 barobar oshgan. Internetdagi xavfli va noqonuniy ma’lumotlardan foydalanuvchilarni himoya qilish maqsadida “Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube