Isi
Samarqandda chet el fuqarosini oilasi bilan AQSHga yuborish evaziga 150 ming dollar olgan shaxs ushlandi Fuqarolarni AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan yuborishga uringan mahalliy hamda xorij fuqarolarning harakatlari bartaraf etildi. DXX tomonidan Bosh Prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Toshkent shahrida tezkor tadbirda o‘tkazilgan. Unda Samarqand shahrida yashovchi, 1992 y.t. fuqaro horijiy fuqaroning ishonchiga kirib, uni va 4 nafar oila a’zolarini har birini 30 ming AQSH dollaridan, jami 150 ming AQSH dollari evaziga Turkiya davlati orqali AQSHga ishlash uchun yuborishini aytadi. So‘ngra, viza hujjatlarini mansabdor tanishlari orqali tayyorlab berishi uchun oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube