TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Temir yo‘li atrofidagi qurigan xas-xashaklar yonib ketdi Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, temir yo‘ldan og‘ir yuk tashuvchi teplovoz harakatlanishi jarayonida undan chiqqan uchqun atrofdagi qurigan xas-xashaklarning yonishiga sabab bo‘lgan. Voqea Samarqand shahri Cho‘pon Ota tepaligining orqa tomonidan o‘tuvchi temir yo‘l atrofida sodir bo‘lgan. Hozirda yong‘in Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining o‘t o‘chirish xizmati xodimlari tomonidan bartaraf etildi. Samarqand shahar Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan ushbu holatga huquqiy baho berish maqsadida qonun doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube