Isi
Maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralari maoshi oshiriladi Yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralari maoshi 7-10 million so‘mdan oshadi. Bu haqda Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi. Oxirgi 7 yilda maktabgacha va maktab ta’limi uchun ajratiladigan mablag‘ 7 barobarga oshirildi, joriy yilda esa 60 trln so‘m yo‘naltirilmoqda. Maktablarda 1 million, bog‘chalarda 1,5 million yangi o‘rin yaratildi. Bog‘chaga qamrov 3 barobar oshib, 78 foizga yetdi. Malaka, til bilish, baholash tizimi va fan olimpiadalari asosida 10 dan ortiq ustama joriy etilgan. Bu tizimdan samarali foydalangan 60 ming o‘qituvchi 8-12 million so‘m maosh olmoqda. Bog‘cha tarbiyachilari oyligi 65 foizga oshirilib, maktab o‘qituvchilari maoshiga tenglashdi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube