TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Samarqand shahrida fuqaro “opiy” giyohvandlik moddasi bilan qoʻlga tushdi Giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashish borasida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi va Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi. Tezkor tadbir natijasida oldindan kuzatuvga olingan fuqaro Samarqand shahrida harakatlanib ketayotganida toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechiriladi. Fuqaroning shimidagi choʻntagidan 101,68 gr. “opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan hamda jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube