TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2225

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,080Jumlah tampilan
Diposting16 Mei16/05/2025, 07.31
Isi postingan

Isi

Samarqandda nechta pedagog 1000 dollar maosh olyapti? Bugungi kunda viloyatda 1333 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi (1268 ta umumta’lim, 18 ta ixtisoslashtirilgan, 1 ta Prezident maktabi, 46 ta nodavlat maktab), 17 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi, 1 ta Bolalar kutubxonasi, 1 ta viloyat Pedagogik mahorat markazi va 4090 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti (764 ta davlat, 143 ta DXSH, 62 ta nodavlat, 3121 ta oilaviy bog‘cha) faoliyat yuritmoqda. Maktablarda 61 536 nafar o‘qituvchi 776 905 nafar o‘quvchiga ta’lim bermoqda. 26 nafar xorijiy o‘qituvchi (Rossiyadan 14, Filippindan 9, Hindiston, Fransiya va Kanadadan 1 nafardan) dars bermoqda. 8 nafar fransuz tili o‘qituvchisi Fransiyada malaka oshirdi. Natijada milliy va xalqaro sertifikatga ega o‘quvchilar soni 3526 nafarga yetdi. 84 nafar o‘qituvchi Vazir jamg‘armasidan har oyda 5,5 mln so‘m ustama olmoqda. 2017–2021-yillardagi islohotlar davomida oylik ish haqi 1000 dollarga tenglashtirilgan pedagoglar soni yildan-yilga ortib, joriy yilda 249 nafarga yetdi.