TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2242

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,930Jumlah tampilan
Diposting21 Mei21/05/2025, 06.05
Isi postingan

Isi

Chet el fuqarolari, jumladan, o‘zbekistonliklarning ham Rossiyaga kirishiga yangi talab joriy qilindi 2025-yil 30-iyundan boshlab vizasiz tartibda Rossiyaga kelayotgan chet el fuqarolari “Gosuslugi RuID” mobil ilovasi orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tishi va *QR-kod* olishi shart bo‘ladi. QR-kodni chegaradan o‘tishda taqdim etish talab etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: * shaxsiy kabinet yaratish; * fotosurat va shaxsiy ma’lumotlarni yuklash; * Rossiyada bo‘lish muddatini ko‘rsatish kerak. Ariza safardan kamida 72 soat oldin berilishi lozim. ‼️ Agar kelish zarurati to‘satdan (masalan, og‘ir kasallik yoki yaqin qarindosh vafoti) paydo bo‘lsa, arizani 4 soat qolganda ham topshirish mumkin. Quyidagilar ro‘yxatdan o‘tishdan ozod qilinadi: * Belarus fuqarolari; * 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar; * viza, vaqtinchalik yoki doimiy yashash ruxsatnomasiga ega shaxslar. 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun arizani ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari topshiradi — ularda ham shaxsiy ro‘yxatdan o‘tish kodi bo‘lishi shart. 🔰Telegram | Instagram | You Tube