TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2243

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,150Jumlah tampilan
Diposting21 Mei21/05/2025, 17.18
Isi postingan

Isi

Samarqandda “Onix” haydovchisining “shovvozligi” chora ko‘rishga sabab bo‘ldi Samarqand shahri ko‘chalarida tungi reyd tadbirlari davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yo‘l harakati qoidabuzarliklariga qarshi keskin choralar ko‘rilmoqda. Ana shunday profilaktik tadbirlardan biri davomida “Onix” rusumli avtomashinasiga noqonuniy tarzda sirena o‘rnatib olgan haydovchi aniqlanib, to‘xtatildi. Aniqlanishicha, mazkur fuqaro o‘z transport vositasini maxsus tovush signal qurilmasi bilan jihozlab, yo‘l harakatida o‘zini maxsus xizmat vakilidek tutishga uringan. Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchiga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube