TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2245

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,130Jumlah tampilan
Diposting23 Mei23/05/2025, 06.40
Isi postingan

Isi

Samarqandda Afrika sher bolasining noqonuniy saqlangani aniqlandi 2025-yil 23-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda fuqaro avtomobilida sher bolasini olib yurgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi, Ekologiya va Ichki ishlar boshqarmalari hamkorligida surishtiruv ishlari olib borildi. Aniqlanishicha, Samarqand tumanida yashovchi fuqaro sher bolasini dala hovlilardan biriga yashirishga uringan. Hayvon sim to‘sig‘iga bog‘lab ketilgan holatda topilgan. Sher bolasiga birinchi yordam ko‘rsatilib, viloyat kinologiya markaziga joylashtirildi. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng uning sog‘lig‘i qoniqarli ekani aniqlandi. Hozirda u Toshkentdagi yovvoyi hayvonlar pitomnigiga topshirilmoqda. Qonunbuzarlik bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi va tegishli choralar ko‘rish uchun Prokuratura organlariga yuborilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube