Isi
Amir Temur haqida film olish ishlari yakunlandi Netflix striming platformasi Amir Temurning hayoti va hokimiyatdagi yo‘lini hikoya qiluvchi tarixiy drama – “Temur: So‘nggi g‘olibning yuksalishi” nomli filmni suratga olish ishlarini to‘liq yakunlagan. Qayd etilishicha, ushbu asar buyuk sarkardaning shonli yuksalish tarixini aniqlik va o‘sha davr muhitiga alohida e’tibor bilan namoyon etadi. “Biz mintaqaning eng muhim shaxslaridan biri hayotini aynan u yashagan va jang qilgan yerda aks ettirdik. Bu suratga olish jarayoni uchun bebaho imkoniyat bo‘ldi”, deya izoh bergan film mualliflari. Rejissyor Jeykob Shvars, ssenariy muallifi Metyu Grin. Amir Temur rolini amerikalik aktyor Kristian Mortensen, Temurning rafiqasi O‘ljoy rolini esa Yulduz Rajabova ijro etgan. Loyihaga 2022-yil oxirida start berilgan. Tasvirga olish O‘zbekiston va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan. Premyera joriy yil yozining oxirida bo‘lishi kutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube