TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2247

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,980Jumlah tampilan
Diposting23 Mei23/05/2025, 12.28
Isi postingan

Isi

“Zaliniya”da 100 ming aholi uchun turarjoy binolari quriladi Samarqand shahridagi temiryo‘l orti qismida 3 mingga yaqin ma’nan eskirgan uy-joy o‘rnida renovatsiya loyihasi asosida 100 ming aholi uchun mo‘ljallangan ko‘p xonadonli uy-joylar massivi quriladi. Bu haqda Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik boshqarmasida jurnalist va blogerlar, ijtimoiy tarmoq faollari bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Massiv 301 gektar maydonni egallab, shundan 141 gektarida turar-joylar bunyod etiladi. Massivda zamonaviy turar-joylar, ma’muriy markaz, xizmat ko‘rsatish binolari, aholi uchun madaniy dam olish maskanlari, xiyobon va sayilgohlar hamda sanoat korxonalari ham barpo etiladi. Bugungi kunda 1-bosqida 45 gektar yer maydoni tanlab olinib, 30 ta lotlarga bo‘lingan holda massiv qurilishini boshlash uchun 15 dan ortiq salohiyatli qurilish-pudrat tashkilotlari jalb qilingan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube