TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2248

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,140Jumlah tampilan
Diposting23 Mei23/05/2025, 16.03
Isi postingan

Isi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlariga 27 mingdan ortiq IIV xodimlari jalb etiladi 2025-yil 24-may kuni O‘zbekistonda o‘tkaziladigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida 27 mingdan ortiq Ichki ishlar vazirligi (IIV), Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xodimlari va harbiy xizmatchilar jalb etiladi. Tadbirlar 10 mingdan ortiq ta’lim muassasalarida 1-, 9- va 11-sinf o‘quvchilari, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, jami 2 milliondan ortiq bitiruvchi qatnashishi kutilmoqda. IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonovaning ma’lumotiga ko‘ra, tadbir o‘tkaziladigan ta’lim muassasalari tegishli idoralar tomonidan to‘liq tekshirilib, qo‘riqlash tizimlariga ulangan. Videokuzatuv kameralari esa hududiy ichki ishlar organlarining situatsion markazlariga integratsiya qilingan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube