TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2253

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,000Jumlah tampilan
Diposting25 Mei25/05/2025, 14.41
Isi postingan

Isi

Rossiyada migrantlarga bir nechta telefon raqamlaridan foydalanishni taqiqlash rejalashtirmoqda "Rossiya Davlat Dumasining Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Yaroslav Nilov xorijliklarning bir nechta abonent raqamiga ega bo‘lishini taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi", deya xabar bermoqda TASS agentligi. 2025-yil 1-yanvardan boshlab xorijliklarning o‘z nomiga 10 dan ortiq abonent raqamini ro‘yxatdan o‘tkazishiga taqiq kuchga kirgan edi. Ushbu hujjatga ko‘ra, xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar aloqa operatorlari bilan faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatgan holda va biometrik ma’lumotlardan majburiy foydalangan holda idoralarga shaxsan kelib, shartnomalar tuzishlari mumkin. Rossiya fuqaroligiga ega shaxslar uchun yangi qoidalar 2025-yil 1-apreldan kuchga kirgan va ularga 20 tadan ko‘p bo‘lmagan SIM-kartaga ega bo‘lishga ruxsat etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube