TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Italiya Bosh vaziri 28–29-may kunlari Samarqandga keladi Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni 28–29-may kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Uchrashuvlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Tashrif davomida siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. Xususan, energetika, transport, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va madaniyat sohalarida qo‘shma loyihalar va kelishuvlar ko‘zda tutilgan. Bu tashrif 2023-yil iyun oyida Rimda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvning mantiqiy davomi bo‘lib, strategik sheriklik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Yangi hujjatlar imzolanishi va qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube