TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2267

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,300Jumlah tampilan
Diposting30 Mei30/05/2025, 10.05
Isi postingan

Isi

Paxtachi tumanida ikki maktab o‘quvchisi suvda cho‘kib vafot etdi Paxtachi tumanidagi 6-maktabning ikki nafar 6-sinf o‘quvchilari — A.Sh. va N.M. “Nazarov Oqboʻta” fermer xo‘jaligiga qarashli yerlarni tomchilatib sug‘orish uchun mo‘ljallangan suv omborida cho‘kib ketgan. Yana bir fojeali holat 32-maktabda qayd etildi. Mazkur maktabning 8-sinf o‘quvchisi B.N. ariqda cho‘kib ketgan. Marhumning otasining so‘zlariga ko‘ra, u farzandi hushini yo‘qotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda, chunki bola bunday sayoz suvda o‘zi cho‘kib ketishi mumkin emasligiga ishonmoqda. Paxtachi tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi har ikkala holat yuzasidan maktab maʼmuriyatiga nisbatan tegishli chora ko‘rilishini bildirgan. Voqealar yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube