TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Qo‘shrabotda ruxsatsiz qazilgan yer osti boyliklari uchun 8 nafar shaxs 33,75 million so‘m jarimaga tortildi Qo‘shrabot tumanida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida yer osti boyliklari — qum-shag‘al, qizil tuproq, qora qum aralashmasi kabi noruda foydali qazilmalarni belgilangan tartibda ruxsatnomasiz qazib olish holatlari aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Qoidabuzarlik sodir etgan 8 nafar fuqaroga nisbatan qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rildi va jami 33 750 000 so‘m miqdorida jarima belgilandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube