Isi
Pastdargʻom tumanida qizlar maktab hududida janjallashdi Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan janjal videosi yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi. Maʼlum qilinishicha, 2025-yil 29-aprel kuni Pastdargʻom tumani Qoʻshquduq mahallasi hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlida hamda tumandagi 83-sonli umumtaʼlim maktabi hududida Samarqand shahrida yashovchi 2007-yilda tug‘ilgan fuqaro E.B. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, mazkur maktabning 11-sinf o‘quvchilarini urib, ularga tan jarohati yetkazgan. Mazkur holat yuzasidan Pastdargʻom tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2007-yilda tug‘ilgan fuqaro E.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube