Isi
Samarqandda 86 ta maktab ta’lim darajasi past deb topildi 2025/2026-o‘quv yili uchun ta’lim darajasi past bo‘lgan maktablar ro‘yxatiga 470 ta maktab kiritildi. Bunday maktablarning eng ko‘pi — 99 tasi Qashqadaryo viloyatida joylashgan. Qolgan hududlarda ta’lim darajasi past bo‘lgan maktablar soni quyidagicha: Samarqand viloyatida — 86 ta; Surxondaryo viloyatida — 70 ta; Jizzax viloyatida — 36 ta; Namangan viloyatida — 34 ta; Sirdaryo viloyatida — 32 ta; Farg‘ona viloyatida — 29 ta; Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 24 ta; Andijon viloyatida — 23 ta; Navoiy viloyatida — 16 ta; Xorazm viloyatida — 9 ta; Buxoro viloyatida — 5 ta. "Xalq ta’limi info" portali ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda shunday maktablar soni 642 tani, 2024-yilda esa 545 tani tashkil etgan. Bu yil ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar soni 75 taga kamaygan. Ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarga boshqa hududlardan jalb etilgan o‘qituvchilarga ustama to‘lanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube