Isi
Samarqandda 8 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht ortilgan yuk mashinasi to‘xtatib qolindi Samarqand viloyati Nurobod tumani hududidan o‘tuvchi A378 avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilib, yukxonasida holislar ishtirokida ko‘zdan kechirish ishlari olib borildi. Natijada, avtomashina orqali 8 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari olib ketilayotgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan Nurobod tuman Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi mutaxassislari tomonidan go‘sht mahsulotlaridan namunalar olinib, dastlabki ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida mahsulotlar turli xil hayvon go‘shtlari bo‘lib, hidlagan, aynigan holatda ekani hamda iste’molga mutlaqo yaroqsiz ekani tasdiqlandi. Holat yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirilib, iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari tegishli tartibda yo‘q qilindi va haydovchiga nisbatan choralar ko‘rilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube