Isi
Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshadi Prezident qaroriga ko‘ra, pensiya va nafaqalar 1-iyuldan, oylik va stpendiyalar 1-avgustdan 10 foizga oshirilmoqda. 1-avgustdan bazaviy hisoblash miqdori ham 412 ming so‘m etib belgilangan. Binobarin, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun eng ko‘p solinadigan jarimalar miqdori quyidagicha bo‘ladi: ❕Kamar taqmaslik – 206 ming so‘m ❕Texnik ko‘rik yoki dori qutisi bo‘lmaslik – 206 ming so‘m ❕Hujjatsiz haydash – 412 ming so‘m ❕Sug‘urtasiz mashina boshqarish – 412 ming so‘m ❕Svetoforning qizil chirog‘ida o‘tish – 824 ming so‘m ❕Noto‘g‘ri parkovka – 824 ming so‘m ❕Telefonda gaplashish – 1 mln 236 ming so‘m ❕Avtomobilni davlat raqamisiz boshqarish – 20 mln 600 ming so‘m; ❕Tezlik (+20 km/soat) – 412 ming so‘m; ❕Qarama-qarshi yo‘nalishda haydash – 4 mln 120 ming so‘m; ❕Mast holatda mashina haydash – 20 mln 600 ming so‘mgacha (chegirmasiz) va 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum etish; ❕Ruxsatsiz tonirovka – 10 mln 300 ming so‘m. 🔰Telegram | Instagram | You Tube