TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Kattaqoʻrgʻondda 1,5 milliard so‘mlik qalbaki alkogol mahsulotlari musodara qilindi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Kattaqo‘rg‘on shahrida faoliyat yurituvchi “Q.I.” MChJ rahbari I.R. va boshqalar 27 339 dona, umumiy qiymati 1,5 milliard so‘mlik 122 turdagi hujjatsiz va sifati kafolatlanmagan alkogol mahsulotlarini savdo maqsadida saqlab kelgani aniqlandi. Mazkur mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi va 25, 186-1-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube