TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Eron–Isroil mojarosi sababli Samarqanddan Isroilga reys bekor qilindi Samarqand viloyatida Isroilning Tel-Aviv shahriga uchadigan aviareys bekor qilindi. Bu haqda Air Samarkand xabar berdi. Unga ko‘ra, Tel-Aviv Ben-Gurion aeroporti va mintaqa havo makonining vaqtincha yopilishi munosabati bilan 15-iyun kungi 9S 501/502 Samarqand—Tel-Aviv reysi bekor qilindi. Isroilga boshqa sanalardagi reyslar haqida qo‘shimcha ravishda xabar berilishi aytildi. Reysi bekor qilingan barcha yo‘lovchilar oldindan e-mail orqali, shuningdek chiptalarni xarid qilgan joylarda — kassalar va sayyohlik agentliklarida xabardor qilinadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube