TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2303

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,050Jumlah tampilan
Diposting14 Jun14/06/2025, 09.57
Isi postingan

Isi

Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi 1985-yilda tug‘ilgan, samarqandlik Z. Sattorov fuqaro G.R.ning ishonchiga kirib, uning ikki nafar yaqin qarindoshiga haydovchilik guvohnomalarini olib berishini va’da qilgan. U bu shaxslarning goʻyo avtomaktabda tahsil olganliklarini tasdiqlovchi soxta sertifikatlar rasmiylashtirib, guvohnomalarni olishda “amaliy yordam” ko‘rsatishini bildirgan. Mazkur “xizmat” evaziga u G.R.dan 3 500 AQSH dollari miqdorida pul talab qilgan. Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Z. Sattorov avvaldan kelishilgan 3 500 AQSH dollarini olayotgan vaqtida, ashyo dalillari bilan ushlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube