Isi
Pastdarg‘omda noqonuniy daraxt kesgan fuqaro 25 million soʻm jarimaga tortildi Pastdarg‘om tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida daraxtlarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq holat fosh etildi. Aniqlanishicha, tumanning Parcha Chandir mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro N.I. mahalliy yo‘l bo‘yida o‘sib turgan manzarali daraxtlarni belgilangan tartibda ruxsat olmasdan kesib tashlagan. Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 25 million 500 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. — Ayni paytda mamlakatimizda davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga qarshi moratoriy joriy etilgan. Shu sababli har qanday daraxtni ruxsatsiz kesish qat’iyan man etiladi va qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi, — deyiladi Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube