Isi
2026-yildan davlat xizmatida yagona va natijadorlikka asoslangan maosh tizimi joriy etiladi Prezidentning yangi tashabbusi – davlat xizmatida adolatli va samara asosidagi ish haqi tizimi shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan navbatdagi muhim hujjat – “Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatchilari lavozim maoshlari yangicha, natijadorlikka asoslangan tamoyil asosida belgilanishi belgilandi. Yangi tizimga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning oylik ish haqi endilikda ularning: • ish tajribasi, • ilmiy darajasi yoki malaka toifasi, • erishilgan natijalari, • intizomiy ko‘rsatkichlari kabi mezonlar asosida yagona va shaffof tizim asosida shakllantiriladi. Maoshni belgilashda individual yondashuv yo‘lga qo‘yiladi. Farmonga binoan, bugungi kunda davlat xizmatida mavjud bo‘lgan murakkab, tabaqalashtirilgan va bir xil turdagi lavozimlar uchun farqli oylik belgilanishi kabi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, oylik ish haqi tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube