TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2325

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,080Jumlah tampilan
Diposting21 Jun21/06/2025, 04.17
Isi postingan

Isi

Urgutda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi Samarqand viloyatida 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi. Urgut tumanida yashovchi shaxs o‘zining tanishlariga 1 gramm giyohvandlik vositasini 130 ming so‘mga sotib kelayotgani haqida maʼlumot olingan. 18-iyun kuni Samarqand shahar “Galaosiyo” mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urgutda yashovchi 1985-yildan tug‘ilgan shaxs o‘zining tanishi, Urgutda yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan shaxs bilan birga tadbirda shartli xaridor sifatida qatnashgan fuqaroga 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotganda ushlangan. Holat yuzasidan 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikkala fuqaroga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube