TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2337

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan933Jumlah tampilan
Diposting27 Jun27/06/2025, 12.48
Isi postingan

Isi

Mahalliy Kengashlarga yangi vakolatlar berildi – endi qarorlar joylarda qabul qilinadi Prezident farmoniga binoan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga bir qator yangi huquq va vakolatlar berildi. Bu o‘zgarishlar joylardagi muammolarni markazga chiqarmasdan, hududning o‘zida hal qilish imkonini yaratadi. Davlat mulkini ijaraga berish: Endilikda davlat mulkini ijaraga berishda minimal narxni belgilash vakolati mahalliy Kengashlarga berildi. Dafn xizmatlari va qabristonlar: Ushbu yo‘nalishdagi xizmatlar tariflari ham mahalliy deputatlar tomonidan tasdiqlanadi. Bandlikni taʼminlash: Hududlarda maxsus ish o‘rinlarini yaratish, ularning eng kam sonini belgilash va zaxirada saqlash vakolati Kengashlarga o‘tkaziladi. Ko‘cha harakati xavfsizligi: Endi ko‘chalarda harakat tezligini oshirish yoki pasaytirish masalasi ham joylarda hal etiladi. Mazkur yangiliklar “mahalliy muammoga – mahalliy yechim” tamoyiliga asoslanib, fuqarolarga yaqinroq va ularning ehtiyojlariga mos qarorlar qabul qilinishini taʼminlaydi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube