TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2338

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,250Jumlah tampilan
Diposting27 Jun27/06/2025, 16.43
Isi postingan

Isi

⛔Samarqandda daraxtlar yana xavf ostidami? Avvalroq Samarqand shahrida qurilish olib borilayotgan hududda daraxtlar tag qismi betonlab yuborilgani yuzasidan xabar bergan edik. Mazkur holat ortidan Samarqand shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan, daraxtlarning ostki qismi beton qoplamasi bilan to‘sib qo‘yilgani aniqlanib, holat bartaraf etilgani va hudud masʼullariga ogohlantirish berilgani ma’lum qilingan edi. Ammo tahririyatimizga kelib tushgan murojaatga ko‘ra, ushbu daraxtlar yana xavf ostida. “Daraxtlarning ildiz qismiga benzin va moylar quyilgan, bu o‘zidan aniq hid taratmoqda. Bu holat ataylab amalga oshirilgan”, — deydi murojaatchi. Mazkur vaziyat jiddiy e’tibor va chora-tadbirlarni talab etadi. Mas’ullar ushbu holat bo‘yicha tezkor surishtiruv o‘tkazib, aybdor shaxslarni aniqlash hamda javobgarlikka tortish choralarini ko‘rishi lozim. 🔰Telegram | Instagram | You Tube