TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Siyobcha arigʻi qizil tusda oqmoqda Samarqand shahridagi, xalq orasida “Makaronka” deb ataluvchi hududdan oqib oʻtuvchi Siyobcha arigʻi qizil tusda oqmoqda. Bizga kelib tushgan maʼlumotlarga koʻra, bu holat ilk bor kuzatilayotgani emas. Bungacha ham ariq suvi rangining oʻzgarishi aholi eʼtiborini tortgan. Maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 79-moddasiga koʻra, suv havzalariga oqova suvlarni noqonuniy tarzda chiqarish, shu jumladan ariq yoki daryolarga sanoat chiqindilarini oqizish — belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi. Ogʻir holatlarda esa bu holat jinoiy javobgarlik masalasini ham yuzaga keltirishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube