TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2346

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,140Jumlah tampilan
Diposting2 Jul02/07/2025, 17.46
Isi postingan

Isi

💧Samarqand shahrining ayrim hududlarida ichimlik suvi vaqtincha to‘xtatiladi Samarqand shahrida Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida amalga oshirilayotgan "Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish" loyihasi doirasida qurilish ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda. Mazkur loyiha asosida qurilish kompaniyalari tomonidan yangi ichimlik suvi tarmoqlarini tortish va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari olib borilmoqda. Qurilish tashkilotining murojaatiga ko‘ra, mavjud inshootlarda rekonstruksiya ishlari olib borilishi va yangi tarmoqqa ulash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2025-yil 2-iyul kuni soat 23:00 dan 3-iyul soat 23:00 gacha quyidagi hududlarda ichimlik suvi vaqtincha uziladi: Mahallalar: Amir Temur, Abdulla Avloniy, O‘rikzor, Marhabo, Saxovat, Mirzo Bedil, Beshchinor, Bahor, Zulfiya, Tokzor, Ilg‘or, Istiqlol, Ilmobod (qisman), Tojmahal, Damariq (qisman), Semurg‘; Ko‘chalar: Ali Qushchi, Abubakr Roziy, Taraqqiyot, Fayzulla Xo‘jayev, Amir Temur, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari hamda ushbu mahalla va ko‘chalarga tutash hududlar. Mazkur holat "Gormolzavod" va "Mikrorayon A hamda B" suv inshootlarida olib borilayotgan texnik ishlar bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan mazkur hududlarda istiqomat qiluvchi aholidan bir kunlik ichimlik suvini oldindan zaxiralab qo‘yishlari so‘raladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun murojaat telefoni: 📞 (55) 707-18-21 🔰Telegram | Instagram | You Tube