Isi
Kusherbayev Samarqanddagi tamaddixonani tanqid qildi Qonunchilik palatasining sobiq deputati, hozirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining maslahatchisi Rasul Kusherbayev Samarqand shahridagi “Блинный домик” nomli oshxonada davlat tilida menyu mavjud emasligi va xizmatlar davlat tilida koʻrsatilmayotganini tanqid qildi. “Boshqa tilda ham beraversin (taomnomani), lekin birinchi oʻzini davlat tilida berishi kerak”, – deya fikr bildirgan Kusherbayev. Uning taʼkidlashicha, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida davlat tili — oʻzbek tili — birinchi oʻrinda qoʻllanilishi zarur. Maʼlumot uchun: “Davlat tili haqida”gi Qonunning 12-moddasiga koʻra, “Respublika fuqarolariga xizmat koʻrsatish davlat tilida amalga oshiriladi. Boshqa tillarda ham xizmat koʻrsatishga ruxsat etiladi, biroq davlat tili ustuvor bo‘lishi lozim.” 🔰Telegram | Instagram | You Tube