Isi
1-maktabdagi mojaro: yosh o‘qituvchining ishdan bo‘shatilishi ortida kimning mas’uliyati bor? Samarqand shahridagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida faoliyat yuritgan S.Ravshanova Sevinch Davron qizi Prezident portali orqali murojaat qilgach, voqea ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Maktab, shahar va viloyat darajasidagi ta’lim tizimidagi muammolar ochilib qoldi. “Gorono” jim, “Oblono” hozircha kuzatuvda Shahar maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi (xalq orasida “Gorono”) rasmiy pozitsiyasini e’lon qilish o‘rniga faqatgina murojaatchiga yuborilgan javob xatini asos qilib ko‘rsatdi. Unga ko‘ra, S.R. 27-28 may kunlari maktab rahbariyatini ogohlantirmasdan darsga kelmagani va hujjat taqdim etmagani bois mehnat shartnomasi bekor qilingan. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabarida S.R.ning talaba bo‘lgan holda 24-26 soat dars o‘tganini “noqonuniy” deb baholagan. Biroq, bu holatda unga bu yuklamani kim bergani, nima asosda pedagogik soatlar oshirilgani ochiqlanmagan. Qolaversa, mavjud nizomlarga ko‘ra, dars yuklamasini shakllantirish uchun direktor o‘rinbosari va “gorono” mutasaddilari javobgardir. Maktdabdagi boshlang‘ich kasaba uyushmasi vakillarining aytishicha, murojaatda tilga olingan dalolatnomalarni ular tuzmagan. Ba’zi xodimlarning bu vaqt ichida mehnat ta’tilida bo‘lgani aytilmoqda. Bu borada ovozli yozuvlar ham mavjud. Shunga qaramay, “Gorono” bu e’tirozlarni inobatga olmayapti. Bir yosh kadrning o‘z ustida ishlab, dars berib kelayotgani qonunbuzarlik deb baholanmoqda, ammo uni ishga olgan, yuklama bergan, tasdiqlagan mas’ullar negadir soyada qolmoqda. Bu voqea — ta’lim tizimidagi javobgarlik va adolat masalasi qay darajada ishlashini ochiq namoyon etdi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube