Isi
Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i lavozimidan ozod etildi Farg‘ona viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Akmal Ahmedov lavozimidan ozod etildi. Sabab – uning turmush o‘rtog‘iga tegishli Malibu-2 avtomashinasi tomonidan sodir etilgan 100 dan ortiq qoidabuzarliklar noqonuniy tarzda bekor qilingani aniqlandi. IIB rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, tizimda poraxo‘rlik va ta’magirlikka qarshi kurash kuchaytirilayotgan bir paytda boshqarma boshlig‘ining bunday harakati fosh etilgan. Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Ahmedov lavozimidan olinib, holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Malibu (40 081 SBA) avtomashinasi bo‘yicha barcha qoidabuzarliklar uchun jarimalar to‘liq undirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube