Isi
Samarqandliklarni haqoratlagan “Nasaf” rasmiysi ishdan olindi “Nasaf” klubi matbuot xodimi Sarvar Bobonazarov Superliga doirasidagi “Dinamo” (Samarqand) va “Nasaf” (Qarshi) o‘yini ortidan samarqandliklarni haqorat qilgan post e’lon qilgani bois ishdan bo‘shatildi. Klub bayonotiga ko‘ra, Bobonazarov o‘sha uchrashuvda ishtirok etmagan, biroq o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida “Andijon” va “Dinamo” muxlislari haqida nomaqbul so‘zlar yozgan. “Nasaf” bu fikrlar klub pozitsiyasini aks ettirmasligini bildirdi va har qanday haqorat va kamsitishni qoralaydi. Shu sababli tanqidiy yig‘ilish o‘tkazilib, Bobonazarovning mehnat shartnomasi bekor qilingan. Klub Samarqand va Andijon jamoalari va muxlislariga chuqur hurmat bildirib, yuzaga kelgan holat uchun uzr so‘radi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube