Isi
Samarqandda “Qizil pasport”ni rasmiylashtirish yanada osonlashdi 2022-yil 1-yanvardan boshlab xorijga chiqish biometrik pasportini (qizil pasport) Davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish imkoni yaratilgan edi. Bunga qadar mazkur xizmat faqatgina Samarqand shahar va Pastdarg‘om tumani Davlat xizmatlari markazlarida amalga oshirilardi. Endilikda Samarqand viloyatidagi Qo‘shrabot tumani va Kattaqo‘rg‘on shahridan tashqari, barcha tumanlardagi Davlat xizmatlari markazlarida ham mazkur xizmatdan foydalanish mumkin. Bu haqda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi xabar berdi. Yangi tartibga asosan, fuqarolar endi xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Ichki ishlar bo‘limlariga emas, balki o‘z tumanidagi Davlat xizmatlari markaziga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan borib, murojaat qilishlari mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube