Isi
O‘zbekiston – Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlat deb topildi 2025-yilgi jinoyatchilik va xavfsizlik indeksi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 147 davlat orasida 25-o‘rinni egalladi. Bu ko‘rsatkich bilan mamlakatimiz Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlat sifatida e’tirof etildi. Shuningdek, jinoyatchilik darajasi bo‘yicha O‘zbekiston 123-o‘rinda qayd etilib, mintaqadagi eng past kriminal holatga ega davlat bo‘ldi. Qozog‘iston – 52-o‘rin Qirg‘iziston – 66-o‘rin Tojikiston – 69-o‘rin Turkmaniston – indeksda ko‘rsatilmagan Mazkur natijalar O‘zbekistonda jinoyatlarning oldini olish, huquq-tartibot tizimini takomillashtirish, xavfsiz mahalla tamoyillarini keng tatbiq etish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar samarasidir. Shu bilan birga, fuqarolarning huquqiy ong va madaniyati oshib borayotgani ham bu jarayonga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube