TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2376

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan2,050Jumlah tampilan
Diposting18 Jul18/07/2025, 06.01
Isi postingan

Isi

1-avgustdan chiqindi qarzdorligi elektr to‘loviga ta’sir qiladi 2025-yil 1-avgustdan boshlab chiqindi xizmatlari bo‘yicha qarzdor abonentlar elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshira olmaydi. Ushbu tartib faqat 2025-yil 1-iyuldan keyin shakllangan qarzdorliklarga nisbatan qo‘llaniladi. Har oyning 3-sanasiga qadar “Toza makon” billing tizimidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga qarzdor abonentlar ro‘yxati uzatiladi. So‘ngra 5-sanasigacha ularga “2100” qisqa raqami orqali SMS-xabarnoma yuboriladi. Qarzdorlikni bartaraf etish uchun 5 kunlik muddat belgilanadi. Agar ushbu muddat ichida qarzdorlik to‘lanmasa, elektr to‘lovini amalga oshirish imkoniyati vaqtincha cheklanadi. Qarzdorlik to‘liq bartaraf etilgach, cheklov avtomatik tarzda bekor qilinadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube