TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2379

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan980Jumlah tampilan
Diposting21 Jul21/07/2025, 04.47
Isi postingan

Isi

Urgutda giyohvandlik moddalari bilan bog‘liq ikki holat aniqlandi “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida Urgut tumanidagi Omonqo‘ton YPX maskanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida giyohvandlik moddalari bilan bog‘liq ikki holat aniqlandi. 2025-yil 18-iyul kuni soat 13:35 atrofida “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi, 20-iyul kuni soat 15:30 larda esa “Malibu” rusumli yengil avtomobil to‘xtatilib tekshirildi. Har ikkala holatda ham shaxslar o‘zlarini shubhali tutgani bois xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan va ularning o‘ng cho‘ntagidan o‘tkir hidli, giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddalar topilgan. Holatlar yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro va haydovchi Urgut tumani IIBga topshirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube