Isi
Samarqand viloyatida noqonuniy elektr ulanish holatlari aniqlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyatidagi bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlar aniqlanmoqda. Xususan, Jomboy tumanida joylashgan YATT “N.U.” savdo do‘koni elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulanish yo‘li bilan 110,3 million so‘mlik elektr energiyasini o‘zlashtirgan. Shuningdek, Urgut tumanida faoliyat yurituvchi “I.Y.” MChJ va “B.F.” MChJ rahbarlari ko‘p qavatli uylarning umumiy elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 260,8 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlikda gumon qilinmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube