Isi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i va uning birinchi o‘rinbosari tayinlandi Bugun Samarqand viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan viloyat IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan general-mayor Tohir To‘lqunovich Aripov tanishtirildi. Tadbirda Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov va viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboev ishtirok etdi. Yig‘ilishda aholi xavfsizligi, jamoat tartibini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Vazir Tohir Aripov boshchiligidagi yangi rahbariyatdan "Xavfsiz mahalla" va "Xavfsiz shahar" tamoyillarini samarali amalga oshirish, jinoyatlarni barvaqt aniqlash va profilaktika ishlarini kuchaytirish talab etilishini ta’kidladi. Shuningdek, Ichki ishlar vazirining yana bir buyrug‘iga ko‘ra, Ne’matilla Ibragimovich Haydarov Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube