TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2406

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan747Jumlah tampilan
Diposting1 Agu01/08/2025, 02.02
Isi postingan

Isi

Sadriddin Ayniy ko‘chasining bir qismida transport harakati vaqtincha cheklanadi 1-avgust kuni Samarqand shahridagi Sulton Hovand Beka maqbarasi — Ashratxona majmuasida “Samarqand oshi” festivali bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan Samarqand shahar hokimining tegishli farmoyishi asosida, festival o‘tkaziladigan hududda jamoat tartibini ta’minlash va tadbirni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida, soat 16:00 dan 19:00 gacha Sadriddin Ayniy ko‘chasining tegishli qismida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi. Tadbir davomida yurtimizning eng sara oshpazlari tomonidan osh damlanadi, milliy taomlar sayli, madaniy dasturlar va ko‘ngilochar chiqishlar namoyish etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube