Isi
🚓🦁Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga bo‘ysunmaslik uchun jarimalar oshirildi Prezident tomonidan 31-iyulda imzolangan qonunga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritilib, Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik uchun jarima miqdorlari oshirildi. Ichki ishlar xodimiga bo‘ysunmaslik (MJtK 194-modda) Endilikda bunday huquqbuzarlik uchun: • BHMning 5–12 baravari (2 mln 60 ming so‘mdan 4 mln 944 ming so‘mgacha) jarima belgilanadi. • Takror sodir etilsa: 12–30 baravar (4 mln 944 ming – 12 mln 360 ming so‘m) yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq. Bunga quyidagilar kiradi: • hujjatlarni taqdim etmaslik • ichki ishlar organlariga chaqiruvga bormaslik • transportni to‘xtatmaslik • jamoat tartibini saqlashga xalaqit berish va boshqa qonuniy talablarni bajarmaslik. Milliy gvardiya xodimiga bo‘ysunmaslik (MJtK 194-1-modda) • Jarima miqdori: BHMning 5–12 baravari • Takror sodir etilsa: 12–30 baravar yoki 15 sutkagacha qamoq chorasi qoʻllanilishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube