Isi
Samarqandda 17 yoshli o‘smirning jasadi Darg‘om kanalidan topildi Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 17 yoshli Sh.B.ning jasadi Darg‘om kanalidan topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi. Ma’lumotga ko‘ra, Pastdarg‘om tumanidagi “Kamolot” mahallasida yashovchi fuqaro L.V. 2025-yil 24-iyul kuni “102” qisqa raqami orqali viloyat IIBga murojaat qilib, 2007-yilda tug‘ilgan o‘g‘li Sh.B. 22-iyul kuni soat 10:00 larda sinfdoshining tug‘ilgan kuniga borishini aytgan holda uydan chiqib ketgani va shundan so‘ng bedarak yo‘qolganini bildirgan. Tergovga qadar tekshiruv jarayonida 26-iyul kuni soat 06:30 larda o‘smirning jasadi Darg‘om kanalidagi “GES 1V” gidrotexnik inshooti hududidagi suv usti chiqindi to‘sqinlik panjarasi yonidan topilgan. O‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube