TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2412

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan789Jumlah tampilan
Diposting4 Agu04/08/2025, 03.10
Isi postingan

Isi

Samarqand viloyati hokimligi vakillari, sizlarda zig‘ircha o‘zbeklik g‘ururi yo‘qmi? Samarqandga Dushanbedan amalga oshirilgan ilk reysni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ammo tadbirda kuzatilgan bir holat ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi: tadbir uchun tayyorlangan bannerda tojikcha bor, ruscha bor, inglizcha bor — faqat o‘zbekcha yo‘q. “Mamlakat nomidan shu tarzda ish olib borayotgan Samarqand viloyati hokimligi vakillari, sizlarda zig‘ircha o‘zbeklik g‘ururi yo‘qmi?” — deb yozadi jurnalist Ilyos Safarov. “Tadbir davomidagi nutqlar va rasmiy ma’lumotlar, shu jumladan, Samarqand xalqaro aeroporti tomonidan berilgan barcha axborotlar o‘zbek tilida ham taqdim etilgan, deyiladi Sаmarqand xalqaro aeroporti Axborot xizmati xabarida. Ma’lumot uchun “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonunning 12-moddasiga ko‘ra: “Respublikada e’lonlar, peshlavhalar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali axborotlar davlat tilida rasmiylashtiriladi.” 🔰Telegram | Instagram | You Tube