TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #2416

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,010Jumlah tampilan
Diposting5 Agu05/08/2025, 06.44
Isi postingan

Isi

Payariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib Shunqor Farmonovich Xudoyberdiyev tayinlandi 2023-yil aprel oyidan buyon Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Shunqor Farmonovich Xudoyberdiyev Payariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Shunqor Xudoyberdiyev 1971-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1988–1993-yillarda Samarqand qishloq xo‘jalik institutida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1993-yilda “O‘zdehqonsanoatbank”ning Pastdarg‘om tuman bo‘limida iqtisodchi sifatida boshlagan. Keyingi yillarda “Paxta bank”ning turli bo‘limlarida bosh iqtisodchi, bo‘lim boshlig‘i va filial boshqaruvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2016-yildan Samarqand viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Shundan so‘ng Pastdarg‘om tumani hokimi etib tayinlangan. Tayinlovga qadar Sh.Xudoyberdiyev viloyat hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2023-yil avgustidan buyon Payariq tumaniga rahbarlik qilib kelgan Isroil Jabborov boshqa ishga o‘tishi sababli vazifasidan ozod etildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube