Isi
Toyloq tumani hokimi etib Behzod Rahmatullayev tayinlandi Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirok etgan navbatdan tashqari sessiyada Samarqand viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Behzod Raxmatullayevich Rahmatullayev Toyloq tumani hokimi etib tayinlandi. Behzod Rahmatullayev 2002-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. 2007–2009-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis institutida tahsil olgan, 2011-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida ta’lim olgan. U mehnat faoliyatini mahalliy hokimlik tizimida boshlagan. 2018–2020-yillar davomida Samarqand viloyati hokimligi Ishlar boshqaruvchisi lavozimida ishlagan. 2020-yil 4-iyundan boshlab viloyat hokimligi Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari etib tayinlangan. 2018-yildan buyon Toyloq tumaniga rahbarlik qilib kelgan Bahodir Qodirovich Bobonazarov o‘z arizasiga ko‘ra, vazifasidan ozod etildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube