Isi
Samarqandda uch kunda 24 nafar shaxsning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlarining so‘nggi uch kuni davomida Samarqand viloyatida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 21 ta holat aniqlanib, 24 nafar shaxsning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi. Tadbirlar davomida 10 kilogrammga yaqin giyohvandlik vositalari, 1 519 tup giyohvandlik o‘simliklari hamda 80 dona kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositalari aniqlanib, qonuniy tartibda rasmiylashtirildi. Shuningdek, profilaktik chora-tadbirlar doirasida tovlamachilik, terrorizmga oid alomatlar, qazilma boyliklari va energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish, qo‘shmachilik, firibgarlik, noqonuniy qurol saqlash kabi boshqa turdagi jinoyat holatlari ham fosh etildi. Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube